Faol komponentlar xossalari:MIRES - maxsus ishlab chiqilgan biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘lib, o‘zgargan endokrin va metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, jinsiy mayl va jinsiy faoliyatni tiklashda samarali qo‘llaniladigan
resveratrol va
inozitol manbai hisoblanadi.
Resveratrol - tabiiy kelib chiqishga ega fitoestrogen bo‘lib, ayol organizmining estrogenlari kabi ta’sir ko‘rsatadi. U klimakterik sindrom belgilarini kamaytirishga va klimaks oqibatlarining potentsial xavfini pasaytirishga yordam beradi. Lipidlarning oksidlanish jarayonlarida kuchli antioksidant sifatida organizmni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi. To‘qimalarda kollagen, elastin va gialuron kislotasining saqlanishiga ko‘maklashadi, natijada terini namlaydi hamda uning elastikligi va tarangligini saqlab qoladi, bu esa uning yoshga bog‘liq o‘zgarishlariga to‘sqinlik qiladi. Qon tomir oqimiga, shu jumladan miya qon aylanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aqliy qobiliyatlarni saqlab qolish imkonini beradi.
Inozitolning ikki faol shakli –
mioinozitol va
D-xiroinozitol kombinatsiyasi eng fiziologik va maqbul birikma hisoblanadi, chunki bu ikkala izomer ham me’yorda organizmda mavjud bo‘lib, turli biologik jarayonlarga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mio-inozitol ayollar jinsiy gormonlarining fiziologik muvozanatini saqlashda ishtirok etadi, qon zardobidagi androgenlar va prolaktin darajasini me’yorlashtiradi hamda giperandrogeniya belgilarini (ortiqcha tuklanish, akne, ortiqcha vazn) yo‘qotishga yordam beradi. U hayz siklini tartibga solishda qatnashib, uni me’yorlashtiradi, shuningdek muvaffaqiyatli urug‘lanishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tuxum hujayrasining yetilishida muhim rol o‘ynaydi. Insulin retseptorlaridan hujayra ichi signalini uzatishda ishtirok etib, insulinrezistentlik va u bilan bog‘liq metabolik buzilishlarni (bel aylanasi va tana vaznining oshishi) bartaraf etishga ko‘maklashadi.
D-xiroinozitol testosteron darajasini pasaytirishga va tuxum hujayra yetilishini me’yorlashtirish (ovulyatsiya)ga yordam beradi.
U mio-inozitolning ta’sirini kuchaytiradi, tana vazni oshganda uglevod va yog‘ almashinuvining metabolik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashadi.
Qo´llash uchun kursatmalar:- gormonal muvozanatni va reproduktiv faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun;
- klimaks davridagi ayollarga;
- insulinga yuqori sezuvchanlik yoki insulinrezistentlik xavfi bo‘lgan shaxslarga;
- asabiy zo‘riqish, tushkunlik yoki kuchli xavotirni his qilayotgan kishilarga;
- uglevod va yog‘ almashinuvini me’yorlashtirish uchun.
Qo'llash usuli:Kattalarda ovqat paytida kuniga 1-2 kapsuladan ichiladi.Kurs davomiyligi 1-3 oy.
Nojuya tasirlari: Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:BFQ komponentlariga allergiya va yuqori sezuvchanlik bolgan insonlarda.
Homiladorlik va emizish davridagi ayollarda
Maxsus ko'rsatmalarMahsulot dori vositasi hisoblanmaydi.
Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Dori-darmonlarni qabul qilishda shifokor bilan maslahatlashing. Oziq-ovqatga biologik faol qo´shimchа to'g'ri ovqatlanish o'rnini bosa olmaydi.
Saqlash shаroiti: Namlikdan himoyalangan, quyoshdan saqlangan 25
o C dan yukori bo'lmagan haroratda,
bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Berish tartibi:Reseptsiz.
Yaroqlilik muddati:3 yil.
O´zbekistondagi rasmiy distribyutor:MChJ «FPM Pharm», Toshkent shahri, Yunus Obod tumani, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 85/6-uy.
Ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarish manzili:ООО DELTA LABS
Manzili: Bаku shahri, Hazor tumani, Buzovna posyolkasi, 18-oktabr ko’chasi, 6-burilish,
www.deltalabs.company